Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga taşrif buyurgan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uçraşdi, deya xabar bermoqda TASS.
Netanyaxu Rossiyaga mintaqadagi vaziyatning yomonlaşganidan xavotirda ekanligi bois kelganini ma'lum qildi.
“Isroil va Rossiyada Yaqin Şarqda barqarorlikning örnatilişi borasida umumiy manfaatlar mavjud. Men xavfsizlik sohasidagi murakkab vaziyat tufayli şu yerdaman, holat esa yana va yana murakkablaşadi”, - dedi Isroil boş vaziri Putin bilan uçraşuvda.
Avvalroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Moskvaga Vladimir Putin bilan uçraşiş uçun Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) boş ştabi rahbari Gadi Ayzenkot va harbiy razvedka (AMAN) komandiri, Isroil Mudofaa armiyasi general-mayori Gertsi Galevi hamrohligida taşrif buyurgani xabar qilingan edi.






