Özbekistonlik kinoijodkorlar navbatdagi yangi filmning premerasiga tayyorgarçilik körmoqdalar. Film komediya janrida bölib, “Men yolğonçiman” deb nomlanadi. Hozirda filmni suratga oliş işlari yakunlanib, montaj işlari olib borilmoqda.
Rejissyor Bexzod Joniyev suratga olgan bu filmning tarbiyaviy ahamiyati şundaki, uni körgan odamlarda yolğonçilik qiliş istagi umuman yöqolişi kerak.
Komediya taqdimoti va ilk namoyişi oktabrda bölib ötadi. Filmni Bexzod Joniyev suratga olgan, operator Umid Malikov, prodyuser Dadaxon Obidov.
Filmda rollarni Sevara Soliyeva, Jumadilla Rametov, Madina Muxtorova, Muhammadiso Abdulxayirov, Şohida Uzoqova, Begzod Mirzayev, Dadaxon Obidov, Dilbar Ikromova, Aziza Begmatova va Aziz Rametov ijro etganlar.






