Bu xonandaning ismini eşitganda, istarali inson, iqtidorli aktrisa, ajoyib qöşiqçi, bir söz bilan aytganda, serqirra ijodkor siymosi köz öngimizda gavdalanadi. Sahnada özini tutişi, odamlarni ilhomlantiruvçi ijodi, qaraşlari muxlislar uçun doim jozibali körinadi, qiziqarli tuyuladi.

Ha, xonanda Şahzoda san'at olamida 15 yildan buyon ança “pişib”, qöşiqlari yoşu qari uçun birdek manzur bölmoqda. Tinimsiz ijod, xato va kamçiliklarini vaqtida anglab öz ustida işlaşi uning yetti kun davom etgan 15 yillik yubiley konserti muxlislari tomonidan yaxşi kutib olinişiga katta yordam berdi. Bugun xonanda bilan suhbatimiz ham ayni şu mavzudan boşlandi.

— Yubiley konsertingizni taqdim etişda qanday kamçiliklarga yöl qöydim, deb öylaysiz?

— Har bir konsert dasturi juda köp mehnat talab etadi. 15 yillik ijodimga bağişlangan uşbu hisobot-konserti avvalgilariga nisbatan özgaça va esda qolarli bölişi kerak edi. Dasturda milliylik va zamonaviylikni uyğunlaştirişga harakat qildik. Xatolarimga kelsak.... (öylanib) tan olaman, juda köp xato qildim. Öz ustimda hali köp işlaşim kerak ekan. Şu bilan birga, «Tört qadam» nomli qöşiğimni jonli ijro qildim. Öşanda muxlislarni aldab bölmasligiga yana bir bora amin böldim. Jonli ijro baribir boşqaça ekan-da.

— Gapingizga qaraganda, keyingi konsert dasturlari jonli ijroda bölarkan-da?

— Albatta, jonli ijroda konsert dasturi taqdim etiş niyatim bor. Bu yilgi konsertimda muxlislar jonli ijroni boşqaça qabul qilişini angladim. Bildimki, qöşiqni çin qalbdan ijro etiş kerak, öşandagina muxlis zerikmaydi.

— Kontsert dasturingizdagi monologda xiyonat, aldov, dugonalar böhtoni, duşmanlar... xususida töxtaldingiz... Ayrimlar bunga xonanda Rayhon bilan munosabati sabab, deb tuşundi. Rostdan ham hozirda döstlik riştasi uzilganmi?

— Rayhon bilan deyarli 8 yildan buyon gaplaşmaymiz. Buning öziga yaraşa sababi bor. Oramizda bir-ikki muammo yuzaga kelgan. Hammasi ötib ketdi. Ortda qolgan gaplarni qözğaşni yoqtirmayman. Bilasiz-ku, hamma öziça haq. Şuning uçun unga soğliq tiladim. Hozir esa yaxşi-yomon kunlarimda yonimda turadigan döstlarim va yaqinlarim bor. Boşqalarga ham şunday döstlarni tilayman.

— Bugungi kunda san'atda kimlar bilan döstsiz?

— San'atkorlardan Nilufar Usmonovani aytişim mumkin. Eng yaqin döstim, sirdoşim bu — turmuş örtoğim. Oila qurganimizga 8 yil böldi. Ota-onam hayotda qanday yaşaş kerakligini, ya'ni kimligimni örgatgan bölişsa, turmuş örtoğim meni san'at olamida tarbiyaladi. Yana men uçun qadrli inson, san'atda hamişa yonimda hamroh, Davron Muqimov. Ukamday bölib qolgan, unga işonaman.