3D-printerlar bozori yuqori ösiş sur'atlarini saqlab qolmoqda va bu ösiş yaqin yillarda saqlanib qoladi. Bundan Canalys tahlilçilarining ma'lumotlari darak bermoqda.

Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, 2015 yilning birinçi yarmida 3D-printerlar va hajmli bosma uçun materiallar savdosi 1,8 mlrd dollarni taşkil qildi va ötgan yilning şu davriga nisbatan 21 foizga oşdi. Bu orada printerlar yetkazib beriş hajmi 52 foizga oşib, 88 ming donadan oşib ketdi.

Birinçi yarim yillik natijalariga köra, 3D-printer savdolari böyiça Tayvanning XYZprinting kompaniyasi yetakçilik qildi. Kompaniya uluşiga bozorning 22 foizi töğri keldi. Tahlilçilar bu yetakçilikni XYZprinting arzon qurilmalar işlab çiqarişi bilan boğlaşmoqda.

Canalys tahlilçisi Jo Kemptonning aytişiça, hozirda 3D-printerlar bozorida yirik nomdor işlab çiqaruvçilarning qurilmalari örniga ulardan qolişmaydigan, biroq arzonroq narxlarda taklif qilinuvçi qurilmalarga afzallik berilmoqda. Bundan taşqari, bunday kompaniyalarning 3D-printerlari iste'molçilik va ta'lim segmentlarida omamviylaşib bormoqda.
Canalys uç fazoli bosma qurilmalari savdolari ösişi sur'atlari saqlanib qolişi va 2019 yilgaça 20,2 mlrd dollargaça yetişini prognoz qilmoqda.