Microsoft kompaniyasi mutaxassislari Skype bilan yuzaga kelgan nosozliklar oradan 18 soat ötib töliq bartaraf etilganini ma'lum qilişdi.

Ayni paytda messenjerdan foydalaniş böyiça heç qanday muammo kuzatilmayapti.

"Biz xursandçilik bilan sizga ma'lum qilamizki, Skype xizmati faoliyati töliq tiklandi. Sabringiz uçun rahmat", deb yoziladi servisning tvitterdagi akkauntida.

Eslatib ötamiz, xizmat faoliyatida muammolar 21 sentabr kuni yuzaga keldi. Dastlab nosozlik faqatgina mulohaza (status)larni özgartirişda kuzatilgan bölsa, keyinçalik foydalanuvçilarning barça abonentlari oflaynda turgandek körinib, ularga xizmat orqali qiliş imkoni yöq bölib qolgani ma'lum qilindi.

Ma'lumot uçun, uşbu xizmatdan foydalanuvçilar soni 500 milliondan oşadi. Xizmatning oylik auditoriyasi esa 170 mln atrofida.

2011 yilda Microsoft uşbu messenjerni 8,5 milliard dollar evaziga xarid qilgandi.