Birlaşgan Arab Amirliklarida robot-politsiyaçilar, kompyuter parkovkaçilar va boşqa köplab elektron yordamçilar safiga robot-şifokorlar ham qöşildi. Ular tibbiyot xizmatlari mahalliy bozorida haqiqiy inqilob qilişlari kutilmoqda. “Galf nyus” naşrining ma'lum qilişiça, birinçi bunday qurilma Xatta şifoxonasida navbatçilik qilişga kirişdi.

Naşrning ma'lumotlariga köra, “Dubai Robo Doc” deb nomlangan yangi qurilma bemorlarni masofadan davolaş tizimining bir qismi hisoblanadi va yaqin orada BAAdagi 15 ta eng yirik tibbiyot muassasalari tomonidan qurollanişga olinadi. “Bu texnika evaziga şifokorlar bemorlarni masofadan turib kuzatişlari mumkin böladi. Ular keng kölamdagi eng zamonaviy taşxislaş vositalariga ega va tegişli qayta tayyorgarlikdan keyin istalgan şifokor uçun xizmat qila oladi”, deb aytmoqda şifokor Muin Fikriy.

Naşrning yozişiça, kiçik ölçamdagi bu robot kasalxona böylab yura oladi va mamlakatning istalgan qismida joylaşgan maxsus boşqariş markazidan turib mutaxassis tomonidan boşqarilişi mumkin. Şifokor kameralar va boşqa maxsus qurilmalar yordamida kasalni töliq körib çiqib, unga davolaş kursini belgilaşi mumkin.

“Biz qurilma tomonidan olingan laborator tadqiqotlar analizlarini örganib çiqişimiz, rentgen surati olişimiz va bemorning taşqi körinişi, uning terisi rangiga baho berişimiz mumkin. Bu qurilma malakali şifokor voqea joyiga öz vaqtida yeta olmaydigan şoşilinç vaziyatlarda birlamçi taşxislarni qöyiş uçun idealdir. Şu tariqa biz uzoqda joylaşgan kiçik tibbiyot punktlaridagi hamkasblarimizga kömak bera olamiz,”, deb qöşimça qilmoqda Fikriy.

Mutaxassislarning fikriça, robotlaşgan şifokor tibbiyotning kelajagi hisoblanadi.