Qirğizistonda qirğiz tilini Google Translate servisiga kiritiş maqsadida söz va iboralarni tarjima qiliş böyiça 2 kunlik marafon e'lon qilindi.
Bu haqda “Bizning meros” jamoat fondi direktori va “Qirğiz vikipediyaçilari harakati” loyihasi rahbari Çorobek Saadanbekovga tayangan holda Qirğiziston telegraf agentligi xabar berdi. “Qirğizistonda 22-23 sentabr kunlari qirğiz tilini Google Translate servisiga kiritiş maqsadida söz va iboralarni tarjima qiliş böyiça marafon bölib ötadi.
Bu tadbirning maqsadi 26 ming tarjima va tarjima baholarini amalga oşirişdir”, – ta'kidladi Ç.Saadanbekov.
Uning qöşimça qilişiça, eng katta hissa qöşgan dastlabki uç kişi boş vazir tomonidan mukofotlanadi. Ğoliblar Google kompaniyasi statistikasiga köra aniqlanadi.






