Rossiyaning Omsk şahrining Lenin okrugida ikki qavatli turar-joy binosi qulab tuşdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boşqarmasining LifeNews telekanaliga ma'lum qilişiça, ikki qavatli imoratning qavatlar orasida şipi qulab tuşgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bir ayol halok bölgan.
Uşbu holat yuzasidan xabar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi markazining navbatçilik smenasiga Moskva vaqti bilan soat 16:50 da kelib tuşgan.
Uydan 40 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, biroq vayronalar ostida odamlar qolgan bölişi mumkin.
Ayni paytda voqea joyida şifokorlar, qutqaruvçilar va politsiya iş olib bormoqda.






