BMTning keng polosali aloqasi böyiça maxsus komissiyasi butun dunyoda böyiça keng polosali internetga ulaniş böyiça hisobot tayyorladi va mos reyting tuzdi. Bu reytingda Özbekiston 190 ta davlat içidan 130-örinni egalladi.

Mutaxassislarning fikriça, 10,5 foiz özbekistonlik tezkor internet bilan öz uyidan turib foydalanadi. Şu bilan birga Özbekistonning 44 foiz aholisi tarmoqqa ulaniş imkoniyatiga ega.

Bu reytingning 1-öriniga Islandiya qöyildi. Bu yerda internetga ulaniş darajasi 98,2 foizni taşkil qiladi. Oxirgi öringa esa Şimoliy Koreya qöyildi.

Hisobotni tuzuvçilar “boy davlatlarda internetga ulaniş özining yuqori çegarasiga yaqin turgani, biroq uning ösiş sur'atlari rivojlanayotgan mamlakatlardagi milliardlab aholi undan foydalana olişi uçun unçalik kattamas” degan xulosaga kelmoqdalar.

Özbekiston hukumati internetga ulaniş hajmini oşirişni rejalaştirmoqda. Ayni paytda foydalanuvçilarning köpi internetga mobil qurilma orqali kiradi. Özbekistonning yirik uyali aloqa operatorlari 2020 yilgaça özlarining bazaviy stansiyalari sonini 6 minggaça yetkazmoqçilar va bu simsiz aloqaning sifati va tezligining yaxşilanişiga olib keladi.