Bugungi kunda Özbekiston aholisi 31 mln dan ortiq bölib, 130dan ortiq millat va elat vakillaridan iboratdir. Aholining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi, 3.5 foizi pravoslavlar, qolganlar esa boşqa dinlarga e'tiqod qiladi.

Bu ma'lumotlar hukumat qoşidagi din işlari böyiça qömita matbuot kotibi Şavkat Hamdamov tomonidan keltirildi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda 16 konfessiyadagi 2 238 diniy taşkilotlar röyxatga olingan, ulardan 2 064tasi musulmon va 157tasi xristian diniy taşkilotlaridir.

Bundan taşqari, 8 yahudiy, 6 bahoiy jamiyatlari, Krişna jamiyati va buddaviylik ibodatxonasi, konfessiyalararo Bibliya jamiyati öz faoliyatini yuritmoqda. Milliy qonunçilikda diniy taşkilotlar miqdori yoki ularni röyxatga oliş muddatlari borasida çeklovlar közda tutilmagan.