London öziga jahonning moliyaviy poytaxti maqomini yana qaytib oldi. Buyuk Britaniya poytaxti bu borada özining asosiy raqibi Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bu haqda Z/Yen Group moliyaviy konsalting kompaniyasi çop etgan Global Financial Centres Index (GFCI) bayonotida ma'lum qilindi.
Bahorgi reytingda Nyu-York Londondan 1 ball ortda qolayotgan edi, kuzgi reytingda esa 12 ball ortda qoldirdi. London Nyu-Yorkni ortda qoldirişiga Britaniya poytaxtida soliq inqirozini muvaffaqiyatli hal qilingani evaziga erişildi. 3-örinni bu borada Gonkong, 4-örinni Singapur, 5-örinni esa Tokio egalladi.
Moliyaviy şaharlarning yetakçi öntaligiga, şuningdek, Seul, Tsyurix, Toronto, San-Frantsisko va Vaşington ham kirdi.
Reytingning eng pastki örinlarini Reykyavik, Afina va Tallin egalladi.






