Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.
“Bugun men XXR prezidenti Si Tszinpin bilan Sietlda ötayotgan 8-yillik AQŞ-Xitoy Internet sanoati forumida uçraşdim. Forum texnologik kompaniyalar rahbariyati uçun AQŞ amaldorlari bilan uçraşiş va sohaning kelajagini muhokama qilişning yaxşi imkoniyatidir”, - deb yozdi u.
“Bu birinçi marta xalqaro yetakçi bilan töliq çet tilida suhbat qurişim. Men buni muhim hodisa deb hisoblayman. Prezident Si va boşqa yetakçilar bilan uçraşiş men uçun katta şaraf böldi”, - qöşimça qildi Tsukerberg.






