Rossiya federal migratsiya xizmati qonunçilikni buzganlikda ayblangan 1.5 mln çet el fuqarosiga mamlakatga kirişni taqiqlab qöydi. Şulardan 500 nafari Rossiyaga boşqa heç qaçon kira olmaydi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Taqiq muddatlari 3, 5 va 10 yillarni taşkil qiladi. Ayrim hollarda sud deportatsiya qilinadigan odamlarni vaqtinçalik saqlaniş binolariga joylaştiriş haqida qaror qabul qilişi ham mumkin. Bunday binolar mamlakatning 77 sub'yektida bor.