Birlaşgan Arab Amirliklarida ikkinçi şaxs hisoblangan, boş vazir va Dubay amiri Muhammad ibn Raşid al-Maktumning katta öğli şayx Raşid ibn Muhammad al-Maktum 34 yoşga kirişiga bir yarim oy qolganida yurak xurujidan vafot etdi. Uning kiçik ukasi hamda merosxör Hamdan şunday yozadi: “Bugun qadrdon döstim va bolalikdagi birodarim, akam Raşidni yöqotdim. Örning bizga bilinadi”.
Bugun marhumning hayotiy dunyoda kim bölgani haqida söz yuritamiz.
Britança nazar
Instagram`dagi bor-yöği ikki-uç qator ma'lumotlardan taşqari, Raşidning yoşligi haqida köp narsa ma'lum emas. Arab amirlari va ularning merosxörlari özlarining hayotlari va boyliklarini omma oldida namoyiş etişmaydi.
Amirning katta öğli Raşid uning birinçi va boş xotini Hind binti Maktumdan dunyoga kelgan.
U va ukasi Hamdan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalangan. Ularning tarbiyasida amirning ikkinçi rafiqasi, Iordaniya malikasi Hayi binti al-Husseynning ham ta'siri bölgan.
Dubay merosxöri şayx Raşid nomli ingliz tilidan saboq beruvçi maktabni tamomladi. Ana undan söng otasi uni Buyuk Britaniyadagi Sendxerst harbiy akademiyasiga jönatadi. Uşbu akademiyada arab şayxlarining farzandlari öqişi odat tusiga kirgandi (Qatarning hozirgi amiri, Bahrayn qiroli, Bruney va Ummon sultonlari şu yerda tahsil olişgan).
Merosdan mahrum qiliniş
Raşid ibn Muhammad otasining işini davom ettirişga har tomonlama tayyorgarlik olib borardi: hukumatni boşqariş, iqtisodiy maslalar şular jumlasidan edi. Ammo kutilmaganda 2008 yilning 1 fevralida vaziyat birdan özgardi. Katta öğil taxtdan voz keçişini e'lon qildi. Amir uning örniga kiçik öğli Hamdanni merosxör etib tayinladi. Endi Hamdan amir örinbosari sifatida faoliyat olib borardi. Iş şu darajaga yetib bordiki, Raşidga hukumat boşqaruvi vakillari orasidan ham joy topilmadi.

Kutilmagan bu qadamning taşlanişini şunçaki bir tomoşa sifatida e'tirof etişdi. Çunki diplomatlar va arab-mutaxassislarining qayd etişlariça, amirning ikkinçi öğli otasining yonida doimiy bölar, kameralar uni suratga olişar, mahalliy matbuot esa faqatgina u haqda yozardi. Xöş, şunday ekan, katta öğil Raşidning bu qaroriga nima sabab böldi?








