2015 yilning 24 sentabr kuni Tsian şahrida (Xitoy) ŞHT Boş kotibi Dmitriy Mezentsev va Kambodja Qirolligi Boş vaziri örinbosari, taşqi işlar va xalqaro hamkorlik Vaziri Hor Namhong Kambodja Qirolligiga Şanxay hamkorlik taşkilotining muloqot böyiça şerigi maqomini beriş töğrisidagi Memorandumni imzolaşdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda keltirilişiça, Kambodja Qirolligiga muloqot böyiça şerik maqomini beriş töğrisidagi qaror 2015 yilning 10 iyul kuni Ufa şahrida ŞHTga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengaşi majlisi yakunlariga köra qabul qilinib, taşkilot Boş kotibiga muzokaralar olib boriş va tegişli Memorandumni imzolaş vazifasi yuklatilgan edi.
Kambodja ŞHTning muloqot böyiça şerigi maqomini oldi
22:00 / 25.09.20153 2521 min






