Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanidagi Namaton qişloğida Özbekistondagi ilk xususiy zoosirk iş boşladi. 12news saytining “Narodnoye slova” naşri xabariga asoslanib ma'lum qilişiça, zoosirk maydoni 2 gektarni taşkil etib, unda 200ga yaqin ötxör va yirtqiç jonivorlar, quşlarning 40 turi saqlanmoqda.
Zoosirk hududida, şuningdek, Şahrisabz tarixi kiçik muzeyi va bolalar öyin maydonçasi mavjud. Zoosirk maydonida uç ming kişiga möljallangan amfiteatr ham joylaşgan bölib, unda har kuni tomoşalar körsatiladi.
Qayd etilişiça, mazkur zoosirkning qurilişi ikki yil avval boşlangan bölib, 2013-2015 yillarda Qaşqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantiriş dasturiga ham kiritildi.
Banklardan birining tuman bölimi şu maqsadda 300 million söm miqdorida kredit mablaği ajratdi. Uşbu mablağlar bir qism hayvonlarni sotib olişga sarflandi.
Ayni paytda zoosirkda 30 nafar mutaxassis faoliyat körsatmoqda. Biroq yaqin kelajakda yana 120 kişi iş bilan ta'minlanişi kutilmoqda.






