Bu usul uzoq bölmagan muddatga har qanday xonani isitiş imkonini beradi.
Buning uçun sizga kerak böladi:
Ikki dona sopol gultuvak, bitta uzun bolt, ikkita gayka, uçta şayba, uç dona ğişt, ikki dona şam va oddiy likop. Şam örniga spirtli gorelkadan foydalaniş ham mumkin.
Sopol tuvaklar şamdan çiqayotgan issiqlik energiyasini yutadi va uni issiqlikka aylantiradi.
Tuvak yuzasidagi harorat Tselsiy böyiça 70–80 darajaga, içida esa 260 drajaga yetadi, şuning uçun judayam ehtiyot böling!
Bunday isitgiç “öçirilganidan” keyin ham bir neça soat davomida issiq turadi.
Diqqat: isitgiçni tez öt oladigan buyumlar yoniga qöyiş qat'iyan taqiqlanadi!
Bu isitgiç pulingizni va elektr energiyasini tejaydi.






