Dunyoda közni quvnatadigan gözal maskanlar juda köp. Şunday ekan sizu bizda umrimiz davomida yangidan-yangi joylarni borib köriş, boşqa xalqlar va madaniyatlar bilan tanişiş, şuningdek, maza qilib dam oliş imkoniyati mavjud. Kurramizning har bir nuqtasi şu qadar batakrorki, undaki hamma joyni borib körişga umrimiz ham yetişmas, balki. Sayohat ajoyib-da! Agar zerikkan bölsangiz, özingizni göyo bir nuqtada qotib qolganday his qilsangiz heç ikkilanmay, sayohatga otlaning. Kimda-kim sayohat ilinjida bölsa, dunyo sirli kitobidan Yevropaning eng maftunkor 15 ta şahri haqidagi ma'lumotlarni sizga taqdim etamiz.

1.Fordlar, Norvegiya

Meditatsiya uçun eng maqbul joy, bu Norvegiya sohillari bölsa kerak. Suvdan qad rostlagan qoyalar, nabotot olamiga boy yaşil toğlar, qor bilan qoplangan çöqqilar – bunday gözalliklar heç bölmaganda bir marta borib körişga arziydi.

2.Şamoni, Fransiya

Ilk qişki Olimpiada ötkazilgan uşbu şaharça Alp toğining baland çöqqilaridan biri Monblan tagida joylaşgan.

3.Galştatt, Avstriya

Avstriya hududida joylaşgan baland Alp toğlari bağridagi bu şaharça unda 3000 yildan beri qazib olinadigan tuzi bilan maşhur. U sayyohlar orasida hayratlanarli tabiat peyzajlari bilan nom qozongan.

4.Plitvits köli, Xorvatiya

Yevropaning janubi-şarqida joylaşgan qadimiy milliy boğlardan biri özining poğona-poğona köllari bilan maşhur.

5.Meteora, Gretsiya

Gretsiya şimolidagi qoyalar ustida eng yirik çerkovlar kompleksi  joylaşgan. U “Meteora” deb nomlanib, “havoda muallaq turganlar” ma'nosini anglatadi.