Orol fojiasini yumşatiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar natija bermoqda, deb yozadi Novosti-Kazaxstan agentligi.
Sirdaryo suvlaridan samarali foydalanişning yölga qöyilişi munosabati bilan Kiçik Orol qölbola dengizini yaratişga muvaffaq bölindi.
“Sirdaryo daryosi özanini boşqariş va Orol dengizining şimoliy qismini saqlab qoliş” loyihasining ijrosi Aralsk şahriga port maqomining qaytarilişiga olib keldi.
Aytilişiça, fojia yillarida suv şahardan 150 km uzoqlikka ketgan edi. Bugungi kunda, ta'kidlanişiça, bu masofa 17 km ga qisqargan. Suvning köpayişi bilan esa baliq ovi ham yaxşilangan. Mahalliy baliqçilar kuniga 200 kg dan baliq ovlayotganlarini ma'lum qilmoqda.
“Orolni 20 yil muqaddam körgan edim. Bu yerda çöllar edi faqat. Bugun hammasi özgaribdi. Köp çiroyli joylar paydo bölibdi. Bu jahon tarixida birinçi marta dengizning qutqarib qolinişi”, - dedi fransiyalik jurnalist Izabel Maglan, öz taassurotlarini ifodalar ekan.
Qozoğistonda Orol dengizi qayta tirilmoqda
00:54 / 26.09.201521 7081 min






