Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida yakuniga yetib borayotgan mukofot jamğarmasi 1 million 30 ming dollarni taşkil qiluvçi turnirning juftliklar bahsi yarim finalida öz yurişini töxtatdi.

Belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin final çiptasi uçun filippinlik Trit Xuey hamda finlyandiyalik Xenri Kontinen hamkorligiga qarşi bahs olib bordi. Ikki set davom etgan uçraşuvda Istomin va Buriy raqiblariga 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berişdi.

Eslatib ötamiz, Istomin St.Petersburg Open turnirining yakkalik bahslari çorak finalida avstriyalik Dominik Timga 2:6, 5:7 hisobida yutqazib qöygan edi. Uşbu turnir ğolibi 187 350 dollar mukofot puli hamda 250 reyting oçkosiga ega böladi.

Özbekistonning birinçi raqamli raketkasi 28 sentabr kuni Xitoyning Şenjyen şahrida asosiy tör bahslari start oladigan ATP doirasidagi Shenzhen Open turnirida iştirok etadi. Uşbu musobaqaning mukofot jamğarmasi 668 ming 945 AQŞ dollarini taşkil etadi.

Qur'a natijasiga köra Istomin ilk davrada çexiyalik Lukag Rosolga qarşi kortga çiqadigan böldi. Uşbu juftlik ğolibini ikkinçi davrada Gilermo Garsiya-Lopes kutib turibdi. Ispaniyalik tenniçi turnirda 4-raqam ostida tasniflangan bölib, öz iştirokini töğridan-töğri ikkinçi bosqiçdan boşlaydi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.

Taqqoslaş uçun, Denis Istomin dunyo reytingida 72, Lukaş Rosol esa 82-örinni egallab turibdi. Musobaqa ğolibi 110 ming 575 dollar mukofot puli hamda 250 reyting oçkosiga ega böladi. Birinçi davrada iştirok etgan tennisçilarning barçasi natijadan qat'iy nazar öz hamyonlarini 6275 dollarga boyitib olişadi.