Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyatida parlament uçun saylovlar boşlandi. Ekspertlar uşbu saylovni mustaqillik referendumining muqobili sifatida e'tirof etişmoqda.
Mahalliy siyosatçilarning fikriga köra, saylov natijasida Ispaniyadan ajralib çiqiş tarafdorlari parlamentda 68tadan ortiq örinni qölga kiritsa, mustaqillik uçun harakatlar boşlanadi. Voqealar rivoji rejadagidek keçsa, 18 oydan keyin Kataloniya mustaqillik e'lon qilişi mumkin. Ispaniya uşbu viloyatining özidan ajralib çiqişi töğrisidagi plebissitni (juda muhim masalani hal qilişni umumxalq ovoziga qöyiş, referendum) tan olmay keladi.
Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan 09:00da oçilib, keç soat 20.00da yopiladi. Kataloniyada saylov huquqiga 5,5 mln odam ega bölib, ulardan 200 mingdan kamroği xorijda yaşaydi.
Viloyatda qariyb 2697 saylov uçastkalari faoliyat yuritadi. Şundan 1607tasi Barselonada joylaşgan. Saylov jarayonini Yevropaning 11ta davlatidan kelgan deputatlar va Lotin Amerikasi vakillari kuzatib boradi. Şuningdek, 180 davlatdan 550ga yaqin OAV vakillari ovoz beriş jarayonini yoritib boriş huquqini qölga kiritgan.
Saylov jarayoni xavfsizligini ta'minlaşga 8,1 ming huquq tartibot organlari xodimlari jalb etilgan.
Parlament 135 örindan iborat bölib, u umumiy yopiq ovoz beriş orqali amalga oşiriladi. Asosiy örinlar 4ta hududga ajratilgan bölib, ular - Barselona (85 örin), Tarragona (18), Jirona (17) va Leydadan (15) iborat. Saylovda 1281 nafar nomzod iştirok etmoqda.
Saylovning dastlabki natijalari 27 sentabr kuni keçasi e'lon qlinib, uning yakuni 4 oktabrda ma'lum qilinadi.
Sörovnomalar natijalariga köra, parlamentdagi örinlar uçun asosan 6ta siyosiy kuç kuraş olib boradi. Saylovga 40ta siyosiy guruhlardan vakillar öz nomzodlarini qöygan. Asosiy kuçlar sifatida Junts pel Si koalitsiyasi (Artur Masning "Demokratik Kataloniya" (CDC), va Oriol Junkeras rahbarligidagi "Katalon söl respublikaçilari"), "Milliy birlik" (CUP), "Fuqarolar", Kataloniya sotsialistik partiyasi, Catalunya Si que es Pot koalitsiyasi ("Kataloniya, ha, bu mumkin", va Podemos partiyasini birlaştirgan), Milliy partiya kabilar qaralmoqda.






