UYeFA prezidenti Mişel Platini FIFAning etika böyiça mustaqil qömitasi ötkazayotgan tekşiruv paytida öz lavozimidan çetlatilişi ham mumkin.
Bu şuningdek, uning kelgusi yilning 26 fevralida ötkaziladigan FIFA prezidentligi uçun saylovlarda qatnaşişiga ham halal berişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 25 sentabr kuni Şveytsariyada FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan edi.
Mazkur iş jarayonida Blatter Platini hisobiga ikki million Şveytsariya franki ötkazib bergani aniqlangan.
Frantsuz amaldori buni töqqiz yil ilgari FIFA bilan şartnoma böyiça işlab olganini bildirgan.






