24 sentabr kuni Çikago şahrida yaşayotgan özbeklar ham butun dunyodagi barça musulmonlar qatorida Qurbon hayiti bayramini nişonlaşdi.
Qur'on tilovati bilan oçilagan bayram keçasi islomiy eslatmalar bilan davom etdi. Şuningdek, Çikago özbek maktabi öquvçilari yasagan san'at buyumlari qöyilgan xayriya auksioni bölib ötdi. Auktsiondan tuşgan mablağlar Çikago özbek jamiyati ehson qutisiga taşlandi.
Söngra bolalarning Özbekistondagi qadriyatlar hamda islom dini böyiça bilimlarini sinaş maqsadida savol-javob ötkazildi. Savol-javob qizğin ruhda ötdi va bolalarga sovğalar tarqatildi.
Qolaversa, keça davomida bolalarga turli öyinlar uyuştirildi. Bayram oxirida çikagolik özbeklar oqsoqoli Sirojiddin Nasafiy barçani duo qildi va barça özbeklarga vatanni, dinni, urf-odatni unutmaslik kerakligini eslatib ötdi.









