27 sentabr oqşomida Italiya A seriyasining 6-tur uçraşuvlari davom ettirildi. Uşbu turning markaziy uçraşuvi sifatida baholangan "Inter" va "Fiorentina" jamoalari bahsida mehmonlar 4:1 hisobida ğalaba qilib ketişdi.
Öyinda "Fiorentina" tarkibida Kaliniç uçta gol urib, xet-trik qayd etdi. Iliçiç esa öz hisobiga bitta gol yozdirib qöydi. Mezmonlar tarkibidagi Ikardi bitta goli bilan javob qaytardi. Bu mağlubiyat tufayli Roberto Mançini şogirdlari turnir jadvalidagi peşqadamlikni "Fiorentina"ga boy berdi.
Qolaversa, mazkur mağlubiyat "Inter" uçun bu mavsumdagi dastlabkisi böldi. Milanliklar bundan oldingi 5ta öyinda ketma-ket ğalabalar qayd etgan, «Atalanta» (1:0), «Karpi» (2:1), «Milan» (1:0), «Kevo» (1:0) hamda «Verona» (1:0) mağlubiyatga uçratilib, Xandanoviç 5ta öyinda atigi bitta gol ötkazib yuborgandi.
Keyingi turda "nerazzurilar" safarda "Sampdoriya"ga qarşi öynaydi.
Inter – Fiorentina 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4, penalti Iliçiç, 0:2 – 18 Kaliniç, 0:3 – 23 Kaliniç, 1:3 – 60 Ikardi, 1:4 – 76 Kaliniç.
Inter – Xandanoviç, Santon, Miranda, Medel, Perişiç (Biabiani, 61), Guarin (Brozoviç, 77), Melo, Kondogbia (Ranokkiya, 46), Ikardi, Telles, Palasio.
Fiorentina – Teteruşanu, Ronkalya (Jilberto Junior, 75), Rodriges, Astori, Alonso, Badel (Fernandes, 82), Vesino, Blaşçikovski (Tomoviç, 69), Iliçiç, Valero, Kaliniç.
Ogohlantirişlar: Xandanoviç (3), Kondogbia (40), Guarin (43), Kaliniç (69), Medel (81), Alonso (90).
Çetlatiş: Miranda (31).






