"Mersedes" jamoasi a'zosi Lyuis Xemilton "Formula-1" böyiça Yaponiyada ötkazilgan Gran-Pri ğolibiga aylandi. Bu orqali amaldagi jahon çempioni özining mavsumdagi sakkizinçi ğalabasiga erişdi.
Yaponiyadagi poygalarda ikkinçi örinni Xemiltonning jamoadoşi, germaniyalik Niko Rosberg egalladi. Uçiniçi örin esa "Ferrari" vakili Sebastyan Fettelga nasib etdi.
27 sentabr kuni ötkazilgan yakuniy 14-bosqiçdan keyin şaxsiy hisob böyiça Xemilton 277 oçko bilan birinçi örinda, Rosberg 229 oçko bilan ikkinçi örinda, Sebastyan Fettel 218 oçko bilan uçinçi örinda qayd etilgan.
Konstrukorlar bahsida esa "Mersedes" (506 oçko) yetakçilik qilmoqda, ikkinçi örinda "Ferrari" (337), uçinçida esa "Uilyams" (208) jamoasi joylaşgan. Törtinçi örinda qolgan "Red Bull" jamoasi 139 oçko töplagan.






