Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada bölib ötgan töpolonlar hamda uşbu mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçni hokimiyatdan ketkazişda AQŞning qöli borligini “aniq biladi”. Bu haqda u amerikalik jurnalist Çarli Rouzga bergan intervyusida aytib ötdi.
Çarli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uçun ötkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Putinning ta'kidlaşiça, bu haqda Rossiya bilan “minglab aloqalari va munosabati” mavjud bölgan ukrainaliklar xabar bergan.
“Biz Yanukoviçni ağdargan odamlar bilan kim işlagan, qaçon va qayerda uçraşgan, ularni qanday qöllab-quvvatlagan, qança tölagan, qanday va qaysi hududlarda va mamlakatlarda tayyorlagan, bu instruktorlar kim bölgan, hammasini bilamiz. Biz hammasini bilamiz. Oçiğini aytganda, amerikalik hamkorlarimiz buni yaşirmaydi ham”, - dedi u.






