Armani modalar imperiyasi asosçisi Jorjio Armani öz tarjimai holi bilan boğliq ravişda vorisi masalasini hal qildi, deb yozadi WWD naşri.
Kitobning taqdimoti va sotuvga çiqarilişi doirasida 28 sentabr kuni italiyalik dizayner matbuot anjumani uyuştirdi. Jurnalistlarning uning vorisi kim bölişi töğrisidagi savolga javoban 81 yoşli Armani şunday javob berdi: “Ego uni şuni aytişga majbur qilmoqdaki, Jorjio Armaniga öxşagan boşqa heç kim bölmaydi”.
Dizayner özini moda olami inqilobçisi deb atab, uçta eng muhim kaşfiyotini esga olib ötdi: erkaklar kurtkalarining yaxşilangan dizayni, tungi köylaklarning yassi tagçarmli poyafzal bilan omuxtalaştirilişi. Şuningdek u ayollarga “ayolligini saqlagan holda erkaklarday kiyiniş” imkoniyatini berganini eslatib ötdi.
Tarjimai holning taqdimoti brend asos solinganining 40 yilligiga möljallab ötkazildi.