2015 yil dekabrida Turkmanistonda TAPH (Turkmaniston-Afğoniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvurining qurilişini boşlaydi. Bu haqda uşbu mamlakat hukumatidagi manbasiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Uşbu loyihani amalga oşirişda Turkmanistonga Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy kömak beradi.

OTB rahbari Ventsay Çjan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uçraşuvda bank yirik investitsion loyihalar böyiça Turkmanistonning maslahatçisiga aylanişni istaşini bildirdi.

Loyihaning texnik va iqtisodiy asosini bank buyurtmasiga köra Britaniyaning Penspen kompaniyasi tayyorladi.

Turkmaniston gaz zaxiralari böyiça dunyoda törtinçi örinda turadi.