Uylar qimmat va judayam qimmat böladi. Quyidagi uylar esa judayam qimmat uylar qanday bölişi haqidagi tasavvurimizni boyitişga yordam beradi.
1. Four Fairfield Pond, Gempton, Nyu-York / 133 million dollar

Maydoni 25 gektardan oşiq bölgan bu uyda 29ta yotoqxona mavjud. Bu yerning öz elektrostansiyasi, uzunligi 100 metrli oşxonasi, 39ta yuviniş xonasi, 3ta basseyni, kegelbani, basketbol maydonçasi, skvoş va tennis kortlari bor.

Uy sohibi Ayra Rennert, avtomobil sanoati va ruda eritişga ixtisoslaşgan Renco xoldingining xöjayinidir. Rennert, şuningdek, metallurgiya va toğ-kon sanoati yönalişlaridagi kompaniyalarga ham egalik qiladi.
2. “Beverli Xauz”, Beverli-Xils, Kaliforniya / 135 million dollar

Gollivuddagi uşbu maşhur koşona naşriyot biznesi magnati Rendolf Xerstga tegişli.

Uyda 29ta yotoqxona, ulkan kutubxona, aylanma balkon, bilyardxona bor. Uyning ayvoniga bir vaqtning özida 400 kişi joylaşişi mumkin.
Qasr hududida 3ta basseyn, kinoteatr, tennis korti va tungi klub joylaşgan. Darvoqe, bu uy “Çöqintirgan ota” filmida italyan mafiyaçilari otning kesilgan boşini taşlab ketgan rejissyorning uyini eslatadi.
3. Ellison Estate, Vudsayd, Kaliforniya / 200 million dollar

Bu majmua 9 gektar maydonga joylaşgan 10ta binodan iborat majmuadir.

Uşbu majmuada sun'iy köl, Xitoy karp baliqlari yaşaydigan hovuz, çoyxona va hammom bor. Uşbu haşamatli uyning egasi Oracle kompaniyasi xöjayini Larri Ellison böladi.




















