Suriyada Rossiya harbiy kuçlarining östirilişi Putinga imijini özgartirib, xalqaro doiradagi yakkamohovdan qora kardinalga aylaniş imkonini berdi, deb hisoblaydi The Financial Times naşri. Tahlilçilarning fikriça, uşbu “Suriya gambiti” yordamida Rossiya prezidenti BMT sammitida jiddiy diplomatik qadam taşlaşga tayyorligini, Xruşçyovga öxşab yiğilişni töxtatiş uçun boşmoq bilan stol taqillatib ötirmasligini körsatdi.
“Unça-munça jahon yetakçisi BMT Boş Assambleyasidagi murojaatini bunday intriga bilan çirmay olmaydi, - deb yozadi naşr tahlilçisi Nil Bakli. – Uning 10 yil içidagi birinçi çiqişi voqealarni keskin va hayratlanarli tarzda burib yubordi”.
Avvalo, Rossiya IŞIDga qarşi kuraşda şunçaki yordamçi böliş emas, balki uşbu koalitsiyada yetakçilikni öz zimmasiga olişga tayyorligini tasdiqladi. Uning bu maqsadlarini Suriyaning Lataqiya viloyatidagi harbiy bazada 25ta qiruvçining joylaştirilişi, minglab harbiylarning taşlanişi körsatib turibdi.
“AQŞning Putinning maqsadlariga munosabati qanday bölişidan qat'iy nazar, u hisoblaşmasa bölmaydigan insonga aylandi”, - ta'kidladi ekspert.