2015 yilning fevral oyida Amerikaning Google Inc. korporatsiyasining Yangi texnologiyalar va Google işlanmalarini rivojlantiriş Oliy Departamenti öz işlanmalari uçun yangi istiqbolli hududlarni özlaştirişga qaror qildi. Şu maqsadda Google korporatsiyasining idorasi Istanbulda joylaşgan Yaqin va Uzoq Şarq, şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça yirik riteyleri - General Mobile potensial bozorlarni qidirişni boşladi.
Rivojlanayotgan bozorlarni izlaş jarayonida General Mobile kompaniyasi Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va boşqa bir qator mamlakatlarda bölib, har qaysi bozorning qöyilgan maqsadlarga nisbatan jozibadorligi örganildi. Uzoq fikr-mulohazalar, muhokamalardan söng 2015 yilning iyul oyida Google korporatsiyasi vakili Özbekiston bilan hamkorlik qilişni taklif etdi. Bunda General Mobile Google işlanmalari asosida smartfonlar işlab çiqarişda xöjalik texnikasi va elektronika milliy işlab çiqaruvçisi – Artel`ning işlab çiqariş quvvati hamda xizmat körsatiş ta'minoti eng maqbul variant ekanini qayd etdi.
Mazkur masalani amerikalik hamkori bilan muhokama qilgan holda Google jadal rivojlanib borayotgan va çet el investitsiyasi uçun qulayroq bölgan Özbekiston bozorini tanladi. Uşbu tanlovga kelişda Artel`ning nafaqat köp yillik tajribasi hisobga olindi, balki Artel işlab çiqariş bazasining jahon texnologik standartlariga mosligi va uning bekamu köst menejmentga egaligiga ham e'tibor qaratilib, Google öz rejalarini amalga oşiriş uçun Özbekistonda eng ilğor sanalgan Artel milliy işlab çiqaruvçisi bilan yaqindan hamkorlik qilişni öz oldiga belgilab qöydi.
Natijada Google işlanmalari asosidagi yangi Android One smartfon modeli özbek kompaniyasi bilan joriy 2015 yilning oktabr oyidan işlab çiqariş rejalaştirildi.
Android One smartfonining özi haqida gap ketganda, uning köplab vazifalar va qulayliklarga ega ekanini qayd etiş joiz. Nafis dizaynining zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaşib ketgani smartfonni kundalik hayotimizdagi beqiyos kömakçiga aylantiradi.
Android One ikkita asosiy ustunlikka ega: birinçidan, unda Google işlanmalaridan foydalaniş uçun maksimal miqdordagi qulayliklar mavjud. Ikkinçidan, qurilma Android`ning yangi variantlarini avtomatik ravişda yangilaydi.
Yangi qurilma 4 ta ARM Cortex A53 yadrosiga ega 64 bitli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori hamda Adreno 306 grafik kontrollyori asosida yaratilgan. Uning tezkor xotirasi 2 Gbni, fleş-xotirasi esa 16 Gb ni taşkil qiladi. Smartfonga ikki yil içida yangilanib turilişi kafolatlangan Android 5.1.1 operatsion tizimi örnatilgan. Şuningdek, 4-avlod LTE mobil tarmoqlarida işlaşni ham qöllab-quvvatlaydi.
Uskuna 1280 × 720 piksel siğimiga ega 5 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan. Uning ekrani qiriliş va şikastlanişlardan Gorilla Glass 4 oynasi bilan himoyalangan. Smartfonning old qismida videoqönğiroqlar va “selfi” tasvirlar uçun 5 Mp li kamera örnatilgan; yoruğlik diodli vspişkaga ega asosiy kamera esa 13 Mp ni taşkil etadi.