BMT safida doimo qarama-qarşiliklar bölgan bölsada, qonuniylik va universallik borasida unga teng keladigan taşkilot yöqdir, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Boş assambleyasidagi nutqida.

“Birlaşgan Millatlar Taşkiloti qonuniylik, salobatlik va universallik böyiça tengi yöq taşkilotdir", deb aytdi Putin.

Putin “BMTga nisbatan oxirgi paytlarda köp tanqidiy fikrlar bildirilayotgani, göyoki u yetarliça samaradorlik namoyiş qilmayotgani, prinsipial qarorlarning qabul qilinişi avvalambor BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolarining yengib bölmaydigan qarama-qarşiliklarga uçrayotganiga” e'tiborni qaratdi. Biroq Putin “BMTdagi turli fikrliklar u mavjud bölgan butun 70 yil davomida bölganini” va “taqiqlov huquqi doimo, şu jumladan AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Sobiq ittifoq, keyinçalik Rossiya tomonidan qöllanganini”, ta'kidlab ötdi.

“Bu turli qiyofali va salobatli taşkilot uçun tabiiy holdir”, deb işonç bilan aytdi Putin. Uning aytişiça, BMTning taşkil etilişida “unda yakdillik hukm suradi”, deb taxmin ham qilinmagan.