30 sentabr kuni Samarqand viloyati Pastdarğom tumanidagi Sayram qişloğida qölda gilam töqiş studiyasi oçiladi. Uşbu studiya Samarkand viloyati va Pastdarğom tumani hokimliklari, şuningdek, «Özbekistonning qişloq tumanlarida barqaror hamjamiyatlar yaratiş: iqtisodiy ravnaq va soğlom atrof muhit» sinov loyihasi doirasida BMTTDning «Suv resurslarini kelişgan holda boşqariş va Zarafşon daryosi basseynida suvni tejaş» loyihasi sa'y-harakatlari bilan yaratildi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bergan.
Uşbu namuna loyihasini amalga oşirişda BMTTD va «Coca Cola» kompaniyasining «Yangi dunyo: Insoniyatning inklyuziv barqaror taraqqiyoti böyiça taşabbuslar» deb nomlangan global dasturi moliyaviy kömak körsatib, ayni maqsad uçun 75 ming AQŞ dollarilik mablağ ajratdi. Loyihadan ikkita maqsad: birinçisi — qişloq joyda qölda gilam töqiş studiyasi oçiş, ikkinçisi — qişloq aholisini sifatli içimlik suvi bilan ta'minlaş, şuningdek, aholining sanitariya va gigiyena masalalaridan ogohligi va potensialini oşiriş közlangan.
BMTTD loyihasidan xabar qilişlariça, studiyada işlab çiqariş jarayoni tölaqonli bölişini ta'minlaş maqsadida dastgoh, texnika, mebel va usbob-uskunalar sotib oliş, mutaxassis va konsultantlarni jalb qiliş uçun jami 51 ming dollar sarflandi. «Özbekistonda işlab çiqarilgan» yorliği bilan mahsulot işlab çiqariş uçun işçi yollaş masalasi öşa joyning özida hal etildi. Pastdarğom tumanidagi Sayram va Kanalyoqa qişloqlarida yaşovçi ayollar orasidan tanlab olinganlar uçun «Samarqand-Buxoro ipak gilami» qöşma korxonasi örnida taşkil etiladigan studiyada tabiiy ipakdan qölda gilam töqiş texnikasi, dizayn va marketing böyiça ikki oylik amaliy kurs taşkil qilindi.
Tinglovçilar uşbu san'at turining paydo böliş tarixi, öta murakkab naqşlarni hosil qiliş texnikasi, ipak tolalarini böyaş, şuningdek, qadim zamonlarda onalardan qizlarga ötib kelgan dizayn namunalari bilan tanişdi. Qölda gilam töqiş murakkab va sermehnat jarayon bölib, maxsus könikma, toqat, sabr, çaqqonlik va diqqatni talab qiladi. Umuman olganda, uşbu köhna san'at turi bilan 30 dan oşiq ayol tanişdi.
Studiyaning oçiliş marosimida Özbekistonda ilk marta işlab çiqilib, çop etilgan «Qölda ipakdan gilam töqiş qöllanmasi» taqdimoti bölib ötadi.






