Sönggi yarim oy içida Toşkent dökonlarida tuxumning narxi 300-400 sömga oşib ketdi. Keyinçalik narxlar xiyol tuşgan bölsa ham, ular hanuzgaça mö'tadil emas.
Ta'kidlanişiça, mamlakatda 2015 yil körsatkiçlariga muvofiq mavjud korxonalarning salohiyati kişi boşiga 157 dona tuxum yetkazib berişga yetarli. Yilning birinçi yarmida 2.8 mlrd dona tuxum yetkazib berilgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 11.6 foizga köproqdir. 2010 yilda aholi örtasida tuxum iste'mol jon boşiga 110-120 donani taşkil qilgan bölsa, joriy yilda uşbu körsatkiç 180-190 donaga yetişi mumkin. Şunga qaramay, tuxum narxi tavsiya qilingan 270-300 sömdan ikki barobarga oşib, örtaça 530-600 sömni taşkil qilmoqda.
Bu holatning sababini “Parrandasanoat” uyuşmasi rahbari örinbosari Pölat Rahmatullayev tuşuntirişga urinib kördi.
“Sönggi beş yil içida parrandalar ozuqa narxi ham 2.5-4 baravarga oşgan, - dedi u “Darakçi” gazetasi bilan suhbatda. – Bu payt içida tuxum narxi bor-yöği 1.5 marta oşdi, xolos. Joriy yil boşidan beri tuxumning tannarxi 300-320 sömga töğri kelmoqda. Biroq ayrim xöjaliklar uning donasini 250-300 sömdan sotişgan. Bu esa xöjaliklarga katta ziyon keltirgan. Bu öz navbatida ayrim parranda fabrikalarini inqiroz yoqasiga olib keldi. Ozuqa narxining ham oşib ketayotgani bu holatni yanada keskinlaştirdi. Natijada bugungi kunda tuxumning tannarxi 410-430 sömga yetib qoldi”.
“Tez orada narxlar tuşişi kutilmoqda, - sözida davom etdi amaldor. – Hozir parranda fabrikalari tuxumni 450-500 sömdan yetkazib berişmoqda. Bu narx ularni inqirozdan saqlab qolişda yordam beradi, deb umid qilamiz”.
Toşkentda tuxum nega qimmatlaşdi?
21:37 / 29.09.201519 1842 min






