Chevrolet Cobalt avtomobili 2012 yildan Özbekistonda işlab çiqarila boşlangan va Rossiyaga eksport qilingan. Biroq joriy yilning bahorida General Motors konserni Özbekistonda aktivlarini minimallaştirişini e'lon qilgandan keyin, Cobalt Rossiyani birinçilardan tark etdi: hozirda rossiyalik dilerlarda deyarli sotuvda bu avtomobillardan qolmagan va 8 oy davomida 300tadan kamroq miqdorda sotilgan. Biroq bu sedanlar Özbekiston va Janubiy Amerikada hamon sotilmoqda va 1-2 oy içida uning yangilangan versiyasi namoyiş qilinişi kerak.

Yangi Cobalt’ning niqoblangan fotosuratlari Braziliyada tasvirga olindi. Avtomobil bu yerda 2011 yildan beri işlab çiqariladi.

Yangi Cobalt old tomondan yangi Cruze avtomobiliga öxşab ketadi – katta havo töplagiç va yoruğlik-diodli faralar bilan jihozlangan. Avtomobilning orqa qismida yukxona eşigiga çiqib turuvçi “gorizontal” çiroqlar paydo böladi. Salonda sensor ekranli multimedia tizimi va boşqa bezak elementlari örnatilişi kutilmoqda.

Yangi Cobalt texnik tomondan özgarmasligi taxmin qilinmoqda: hozirgi Cobalt benzinda yoki Braziliyada keng tarqalgan etanol spirtida işlaydigan 8 klapanli 1,4 litrli (102 ot kuçi) va 1,8 litrli (108 ot kuçi) motorlar bilan jihozlanadi.

Avtomobilning özbek variantining yangilanişi biroz keçroq amalga oşiriladi, biroq Özbekistonda işlab çiqariluvçi Cobalt’lardagi 1,5 litrli (106 ot kuçi) motor yangilanmaydi. Çunki 2011 yilda Özbekistonda 1,2 va 1,5 litrli motorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “GM Powertrain Uzbekistan” dvigatellar işlab çiqaruvçi zavodi taşkil etilgan va bu zavodni yaqin orada modernizatsiya qiliş rejalaştirilmagan.