Xalqaro iqtisodiy forum (WEF) taşkiloti tomonidan tuzilgan yangi raqobatbardoşlik indeksi e'lon qilindi. Uning natijalari taşkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Reytingda birinçi örinni Şveytsariya egalladi. Uşbu mamlakat iqtisodiyoti 5.8 ballga ega böldi. Undan keyingi örinlarga Singapur va AQŞ sazovor böldi. Kuçli önlikka, şuningdek, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Gongkong, Finlyandiya, Şvetsiya va Birlaşgan Qirollik kirdi.
Indeksga kirgan 140 davlat içida oxirgi örinni Gvineya egalladi. Afrikaning Malavi, Burundi, Serra-Leone, Mavritaniya, Çad singari davlatlari unga nisbatan biroz yaxşiroq natija qayd qildi.
Örta Osiyo mintaqasidan indeksga Özbekiston va Turkmaniston kiritilmadi. Qozoğiston 42, Tojikiston 80, Qirğiziston 102-öringa qöyildi.






