Google kompaniyasi YouTube videoxostingining Qozoğiston uçun möljallangan youtube.kz domenidagi mahalliy namunasini işga tuşirişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Uşbu mahalliy namunada Qozoğistondagi eng maşhur videoroliklar taqdim etiladi. Uşbu roliklarni qozoğistonlik iqtidorli videokontent işlab çiqaruvçilari, telekompaniyalar, reklama beruvçilar va brendlar taqdim etişi mumkin.
Qayd etilişiça, har yili YouTube foydalanuvçilari soni 40 foizga köpaymoqda. Uşbu videoxostingda roliklar va boşva video mahsulotlarni tomoşa qiliş uçun ajratilayotgan vaqt hajmi ham 60 foizdan ortib bormoqda. Şuningdek, har yili YouTube orqali 6 mlrdga yaqin video tomoşa qilinib, daqiqasiga 300 soatlik videokontent joylanadi.
Eslatib ötamiz, hozirça YouTube`ning Özbekistondagi mahalliylaştirilgan namunasi işga tuşirilmagan. Biroq www.youtube.uz domeni Amerikaning korporativ brendlarni soxtalaştiruvçi internet-qalloblik, qaroqçilik va kiberskvottingdan himoya qiliş bilan şuğullanadigan MarkMonitor Inc. dasturiy ta'minot kompaniyasi tomonidan band qilingan.






