Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Nyu-Yorkka taşrifi davomida şamollab qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, Poroşenko Kolumbiya universitetida qilgan çiqişi vaqtida şu haqda ma'lum qilgan.
"Keyingi 4 kun davomida men bu yerda bölib, sovqotdim. hozir isitmam 38,5 darajaga çiqqan. Lekin, şunday ahvolimga qaramasdan, sizlar bilan birga bölişim kerak, deb hisoblayman. Dunyodagi yetakçi davlatlar rahbarlari iştirokidagi uçraşuvlarga guvoh böliş, men uçun juda muhimdir", deydi Poroşenko.
Ukraina prezidenti BMT Boş Assambleyasida ukrain tilida nutq irod qildi. U öz nutqida "Rossiya Ukrainaga qarşi uruş olib borayotgani" haqida sözladi.






