RJ-Romain Jerome Şveytsariya kompaniyasi DC-Comics komikslarining superqahramoni şarafiga Spacecraft: Batman soatlarini çiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.
Yangilik 2013 yilda soatlar dizayneri Erik Jiru (Eric Giroud) va soatsoz usta Jan-Mark Viderrext (Jean-Marc Wiederrecht) hammuallifligida yaratilgan brend RJ-Romain Jerome — Spacecraft asosida yasalgan. Korpusi titandan yasalgan va PVD bilan qoplangan, kosmik kemani eslatuvçi bu soat raqamlari nur taratuvçi sapfirli şişadan yasalgan hamda modelning yon qismlariga joylaştirilgan. Daqiqalarni körsatuvçi millar esa aylanuvçi disk yordamida siferblatda kelib çiqadi.

Spacecraft: Batman 75 nusxada çiqarilgan. Undagi qizil rangda emas, balki moviy rangda nur soçadi. Soatning orqa qopqoğida Betmenning körşapalakli belgisi tasviri tuşirilgan. Tasmalari kök rangli çokdan iborat qora çarmdan tayyorlangan. Luxurylaunches ning aniqlik kiritişiça soat narxi 33 ming dollarni taşkil etadi.






