Samsung kompaniyasining şu yilning 13-avgustida rasman namoyiş etilgan fableti – Galaxy Note 5 poytaxt bozorlarida sotilişi boşlandi.

Qurilma 5,7 dyumli 1440x2560 piksel ziçlikga ega Super AMOLED displey, 16-megapiksel asosiy va 5 megapiksel old kamera, 2,1 GHz çastotada işlovçi 8 yadroga ega Exynos 7420 protsessori 4 Gb tezkor va 32/64/128 doimiy xotira bilan jihozlangan. Smartfon microSD (fleş xotira) kartalarini qöllab quvvatlamaydi.

Şuningdek Galaxy Note 5 – 3000 mAch’li tezkor quvvat töldirib oliş xususiyatiga ega batareyaga bilan jihozlangan.

Toşkentning “Fleşka” (sobiq “Malika”) texnik buyumlari bozorida Galaxy Note 5’ning 32 Gb doimiy xotiraga ega varianti 3,8 million söm narxda sotilmoqda. Şuningdek uşbu bozordan Galaxy Note 4’ni 2,7 million sömga xarid qiliş mumkin.