Har yili 1 oktabr sanasida Xitoydagi eng asosiy davlat bayrami — Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topgan kun keng nişonlanadi. 1949 yilning ayni şu sanasida Pekindagi Tyananmen maydonida bölib ötgan mitingda XXR taşkil topgani e'lon qilingan edi. 2 oktabrda esa markaziy hukumat 1 oktabrni milliy bayram sifatida nişonlaş töğrisida qaror qabul qildi.

Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topgan kuni bayrami beş kun davomida nişonlanib, mazkur hafta Xitoydagi ikki “Oltin hafta”dan biri sifatida qarşi olinadi. 1 oktabrda poytaxtdagi markaziy maydonlarda xalq sayillari ötkazilib, keçqurun muşakbozliklar taşkil etiladi.

Şuningdek, şaharlar jonli gullar bilan bezatiladi. Mazkur bayramni tomoşa qiliş istagidagi xorijlik sayyohlar uçun turizm sohasi vakillari xilma-xil sayohat dasturlarini taklif etişadi.








