Anqaraning Jyebeji tumanida sodir bölgan avtohalokatda 12 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berilmoqda.
Aytilişiça, yölovçilarni olib ketayotgan avtobusning tormozi işlamay qolgani bois u bekatga kelib urgan. Buning oqibatida 12 kişi halok böldi, 13 kişi jarohatlandi.
06 DY 5472 raqamli avtobus haydovçisi boşqaruvni qöldan çiqarib, avtobusni miniş uçun bekatda kutib turgan şaxslar bilan töqnaşdi. Buning oqibatida voqea joyida 10 kişi halok böldi. Yana ikki kişi şifoxonada öziga kelmay qazo qildi.
Voqea joyi örab olinib, qutqaruvçi guruhlar iş boşlab yuborgani xabar qilinmoqda. Şunga qaramay, YTH suratlari tezda internetga çiqib ketdi.