Dubay Islom iqtisodini rivojlantiriş markazining ma'lumotlariga köra, hozirda dunyo böyiça 3,6 million masjid mavjud. Bu har 500 musulmonga bitta masjid töğri keladi, deganidir. Markaz tadqiqotlariga köra, 2019 yilga borib, jahondagi masjidlar soni 3,85 millionga yetadi.

Dunyodagi eng köp musulmonlar (221 million) yaşaydigan Indoneziyada 800000 masjid faoliyat yuritmoqda (AFP ma'lumoti).

Indoneziyaning eng katta masjidlaridan biri "Istiqlol" masjidi.

Bangladeş Islomiy jamiyati ma'lumotlariga köra, mamlakatda jami 250399 ta, poytaxt Dakkada 6000 masjid mavjud.

Wikipedia ensiklopediyasiga köra, Hindistonda 300000 dan ortiq, Pokistonda 120000 dan ortiq masjid röyxatga olingan.

Turkiya Diyonat işlari boşqarmasi ma'lumotlariga köra, 2014 yil sönggida mamlakatdagi masjidlar soni 86101 tani taşkil etgan.

Sulton Ahmad masjidi, Istambul, Turkiya

Xitoyning CPPCC News naşri ma'lumotlariga köra, XXRda jami 39000 masjid (undan 25000 tasi Şinjon muxtor ölkasida joylaşgan) musulmonlar xizmatida.

Hui-Mosque, Xitoyda joylaşgan masjid.

Rossiya Federatsiyasi muftiylar kengaşining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Ravil Ğaynutdinga köra, Rossiyada 7000 dan ortiq masjid mavjud (2014).

Amerika-Islom aloqalari Kengaşining hisob-kitoblariga qaraganda, AQŞda 2000 yilda masjidlar soni 1209 ta, 2010 yilda 1897 ta bölgan bölsa, 2011 yili ularning soni 2106 taga yetgan.

Fransiya musulmonlari jamiyati ma'lumotlariga köra, mamlakatda 2015 yil boşida 2200 masjid faoliyat yuritgan. Buyuk Britaniyada 1500 masjid röyxatga olingan (2011).

Özbekiston musulmonlari idorasiga köra, hozirda respublikamizda 2039 ta masjid faoliyat olib bormoqda.