Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov AQŞ vakillaridan Rossiya kuçlari IŞIDning emas, boşqa kuçlarning bazalariga aviazarbalar berganini isbotlovçi dalillar keltirişni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Amerikaliklar şeriklarimiz tomonidan nişonlarimiz boşqa bölganligi yuzasidan xavotir bor, ular bu şubhalarini bizga yetkazişdi, allaqanday dalillari borligini peş qilişdi. Biz bu dalillarni keltirişni talab qildik, negaki nişonlarimizni aniq bilamiz, - dedi u.
– Yana bir bora aytaman, mudofaa vazirligi saytida hammasi tuşuntirilgan. Oddiy fuqarolar bu zarbalardan aziyat çekkanligi haqida gaplar boşlandi, ammo bunday holatlar bizga ma'lum emas. Biz zarbalarimiz aniqligini ulkan diqqat bilan kuzatamiz, nişonlarimiz esa faqatgina terrorçi otryadlar pozitsiyalari, obektlari va qurollaridir”.
TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham, jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Rossiyaning xatti-harakatlari xalqaro huquq normalariga zid kelmasligini ta'kidladi.






