Farğona viloyatining Rişton tumanida istiqomat qiluvçi 32 yoşli Inomiddin T. mast holatda 1982 yil tuğilgan Alişer A. ga boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilni töxtatib, ma'lum joyga olib borişni iltimos qiladi. Heç narsadan şubhalanmagan Alişer yölovçini söragan manziliga yetkazib qöyişga qaror qiladi.
“Na postu” naşrining xabar qilişiça, yölda Inomiddinning niyati aynib, maşinani töxtatişni talab qiladi. Şundan söng haydovçiga piçoq öqtalib, uni avtomobildan tuşirib yuboradi va maşinani özi haydab ketadi. Biroq köp yurmasdan avtomobil öğrisi boşqaruvni yöqotib, uni fermer xöjaliklaridan birining devoriga borib uradi. Talonçi maşina salonini titkilab, avtomobil ğaladonida saqlanayotgan haydovçiga tegişli 350 ming söm pul va “Nokia” rusumli mobil telefonini olib, öz yölida davom etadi.
Jinoiy harakatlarini tamomlamagan Inomiddin “Damas” rusumli maşinani töxtatadi va yuqoridagi ssenariy asosida haydovçi Davlat J. dan tuman markaziga eltib qöyişni iltimos qiladi. Manzilga yetganidan söng hamyonidan piçoğini çiqarib, Davlatning yonida bölgan 116 ming söm pulni zörlik bilan olib qöyadi.
Jabrlanganlar arizasiga binoan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatçi qölga olindi.






