Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva şahri prokurori Sergey Kudeneyevni lavozimidan ozod qildi va uning örniga Vladimir Çurikovni tayinladi. Bu haqdagi farmon huquqiy ma'lumotlar portalida rasman ma'lum qilingan.

"Sergey Kudeneyev Vasileviç Moskva prokurorligi lavozimidan ozod etilsin. Uning örniga 5 yillik muddatga Çurikov Vladimir Viktoroviç tayinlansin", deyiladi farmonda.

Bundan oldinroq, Moskva şahri dumasi Vladimir Çurikov nomzodini prokurorlik lavozimi uçun ma'qullagandi. 58 yoşli uşbu huquqşunos 2010 yilning aprelidan buyon Volgograd viloyati prokurori sifatida işlab kelgan va endi bu lavozimidan ozod etilgan.