TRNDlabs kompaniyasi özi işlab çiqargan SKEYE Pico Drone dronini dunyodagi eng mitti dron deb taniştirdi. Dronning ölçamlari 2,2x2,2 santimetrni, oğirligi esa bor-yöği 7 grammni taşkil qiladi. Yangi qurilmani savdoga çiqarilişidan avval 49 dollardan sotib oliş mumkin.

SKEYE Pico Drone droni Ready to Fly Technology (RTF) texnologiyasi yordamida boşqariladi va uçta sezgirlik darajasiga ega. Qurilma havaskorlik tasvirga olişdan köra, köproq bolalarga va dronlarga endi qiziqayotganlarga möljallangan, çunki gadjyet ilğor dron modellaridan faqrli ölaroq, videokameraga ega emas.

4 rotorli dron nafaqat yuqoriga-pastga harakatlana oladi, qurilma 6 ta öq böyiça stabilizatsiyaga ega, giroskopining sezgirligi esa avtomatik tarzda sozlanadi. Boşqaruv pult yordamida amalga oşiriladi, uning maksimal ta'sir qiliş doirasi 50 metrni taşkil qiladi. Qurilmaning 80 mA-soatli akkumulyatori taxminan 8 daqiqa parvoz qilişga yetadi.