Rivoyat qilinişiça, imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) xazratlari Makkai Mukarramada ta'lim berayotgan çoğda bir ziyoratçi Buxoroi Şarifdagi ustozlardan salom va maktub keltiradi. Bu xabarni eşitgan Imom Buxoriy (r.a.) Buxoroi Şarif tomonga yuzlanib, salomiga alik olganlariça hurmat bajo keltiradilar, söngra maktubni ikki qöllab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni öqigan ekanlar.
Ha, ustoz misli yonib turgan şamga qiyos. Özi yonib, atrofga nuru ziyo soçadi. Boşqalar ana şu nurdan bahramand böladi. Şu sabab, har bir inson yoşidan, mavqeidan, darajasidan qat'i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta'zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yölida bizga ming ranju qiyinçilik bilan saboq bergan muallimlarning maşaqqatli mehnatlari haqini heç bir boylik yoki ganjina bilan ölçab bölmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir.
Mamlakatimiz rahbari farmoni bilan 1997 yildan buyon 1 oktabrning “Öqituvçi va murabbiylar kuni” sifatida keng nişonlanayotgani millatimizning ustoz-murabbiylarga bölgan hurmat-ehtiromining amaldagi yorqin ifodasi böldi, desak mubolağa bölmaydi. Davlatimiz rahbari ustoz-murabbiylarga ta'rif berib, “Agarki, dunyo imoratlari içida eng uluği maktab bölsa, kasblar içida eng şaraflisi öqituvçilik va murabbiylikdir. Çindan ham öqituvçi nainki, sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murğak qalblarga ezgulik yoğdusini baxş etadigan, öz öquvçilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mö'tabar zotdir”, degan edi.
Çindan ham, ustozlar murğakligimizdanoq qalbimizga ezgulik uruğlarini soçadi, qölimizdan tutib, ma'rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulaşadi. Biz erişayotgan ulkan yutuqlarimiz, qölga kiritayotgan ğalabalarmizda ularning hissasi katta. Şu sabab, ularni mudom şaraflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Afsonalarga köra, maşhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy) “Neçun Arastuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?”, deb söradilar. Iskandar Rumiy javob berdi: “Otam göyoki meni osmondan yerga tuşirdi. Ammo ustozim Arastu meni yerdan osmonga kötardi. Ya'ni, otam meni dunyoga kelmoğimga sabab böldi. Ustozim ilm va odob örgatib, martaba va izzatimning ortmoğiga sabab böldi”.
Körinib turibdiki, dunyoni öz ilmu ma'rifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga qöygan.
Muqaddas dinimizda ilm-ma'rifatli kişilarning maqomu martabalari Alloh tomonidan yuksaklarga kötarib qöyilişi haqida şunday marhamat qilinadi: “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Alloh baland darajalarga kötarur”, dedi” (Mujodila surasi). Qator hadisi şariflarda muallimlarning hurmatini joyiga qöyiş, ularga nisbatan tavoze'li bölişga çaqiriladi. Jumladan,
Rasulullloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Ilm örganing, ilm uçun sakinat va viqorni ham örganing. Va sizlarga ilm örgatayotganlarga tavoze' bilan özingizni past tuting!” (Imom Tabaroniy “al-Avsat”da rivoyat qilgan).






