Intel kompaniyasi McAfee antivirus işlab çiqaruvçisi bilan birgalikda internetdagi “eng xavfli” maşhur odamlar röyxatini e'lon qildi. Şu maşhur odamlarning nomidan foydalangan firibgarlar qidiruv saytlariga viruslar joylaştirişgan.
Röyxatning birinçi örnida didjyey Armin Van Byuren turibdi. Uning nomi bilan 17,92 foiz zararli saytlarga kirib qoliş mumkin. Undan keyingi örinlarda esa, kantri-musiqaçi Lyuk Brayan (17,64 foiz), Aşer (16,67 foiz), Britni Spirs (16,39 foiz) va Jay-Z (15,83 foiz) turişibdi. Musiqaçilardan taşqari röyxatda aktrisalar Emi Şumer, Betti Uayt va Nina Dobrevlar bor.
Ma'lum bölişiça, musiqaçilarning musiqasini izlaş natijasida ana şunday zararli saytlarga kirib qoliş mumkin. Firibgarlar aynan şu narsadan umid qilişmoqda.






