Bir inson Tangrining jamolini körişga muyassar bölibdi. U Yaratganga debdi:

– Men jannat va dözaxni körişni istayman.

Xudo uni ikki eşik oldiga olib kelibdi. Birinçi eşik ortida ulkan dumaloq stol bölib, uning örtasida hidi iştahani qitiqlaydigan ovqat töla katta idiş qöyilgan ekan. 

Stol atrofida ötirgan odamlarning körinişi abgor bölib, ular oçlikdan sillalari qurib qolgan ekan. Ularning barçasining qöliga uzun qoşiqlar boğlangan ekan. Stol atrofidagilar idişdagi ovqatni qoşiqqa olişlari mumkin ekan, lekin qoşiq uzunligi bois uni oğizlariga töğrilay olişmas ekan. Boyagi kişi ularning bu holatidan qattiq ta'sirlanibdi.

– Bu dözax, – debdi Xudo.

Haligi kişi ikkinçi eşikdan içkariga kiribdi. Bu yerda ham xuddi şunday stol va şirin taom töla idiş bor ekan. Bu yerdagi odamlar ham qöllariga qoşiq boğlangan holda stol atrofida ötirişgan ekan. Biroq ularning hammasi qorinlari töq, xursand holda ekanlar.

– Tuşunolmayapman, – debdi boyagi kişi.

– Bu juda oddiy, – debdi Tangri. – Bu odamlar bir-birlariga yaxşilik qilişadi, ya'ni öz qoşiqlari bilan bir-birlarini töydirişadi. Şuning uçun ularning hammalari töq va baxtli. Dözaxdagi odamlar esa faqat özlari yeyişni öylaşadi. Şu baxilliklari uçun ham ularning bari oç va abgor. 

Xulosa: hamma öz fe'liga yaraşasini oladi.

Manba: xabardor.uz

Izoh: Bu xalq orasidagi bir rivoyat va öz-özidan rivoyat uçun dalil söralmasin.